Talabalar turar joyiga tashrif
22.01.2026 09:17:35 11
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N. Maxmudova hamda profilaktika inspektori G. Raxmatullayeva tomonidan talabalar turar joyiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida TTJ da istiqomat qilayotgan talabalar bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv jarayonida talabalarning yashash sharoitlari, xavfsizlik masalalari hamda kundalik hayotda uchrayotgan muammolar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, takliflarini ochiq bayon etish imkoniga ega bo‘ldilar.
Oʻzaro erkin muloqot davomida N. Maxmudova talabalarning bildirilgan takliflari e’tiborga olinishi, mavjud muammolar bosqichma-bosqich hal etilishi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini ta’kidladi. Profilaktika inspektori G. Rahmatullayeva esa TTJ da sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.