Toshkent shahriga ma’naviy-ma’rifiy va madaniy sayohat
26.05.2026 08:20:25 15
Namangan davlat pedagogika instituti Kasaba uyushmasi tomonidan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar uchun Toshkent shahriga ma’naviy-ma’rifiy va madaniy sayohat tashkil etildi.
Ikki kun davom etgan mazkur safar davomida ishtirokchilar poytaxtimizning tarixiy, zamonaviy va muqaddas maskanlariga tashrif buyurib, yurtimizning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari hamda bugungi taraqqiyot jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Sayohat dasturi doirasida Islom Karimov muzeyi, “Minor” masjidi, Xalqlar do‘stligi saroyi, Magic City, Tashkent City Park, Islom sivilizatsiyasi markazi, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda Zangiota ziyoratgohi kabi maskanlarga tashrif buyurildi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun madaniy hordiq va maroqli dam olish dasturlari ham tashkil etildi.
Mazkur safarda Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Gulasal Abduraxmonova, Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Ma’rifatxon Boltabayeva, texnik xo‘jalik xodimi Risliqxon Valiyeva hamda TTJ kutubxonachisi Mohigul Anbarova faol ishtirok etdilar.