"Talabalar ligasi" doirasida sport musobaqalari tashkil etilmoqda
17.02.2026 13:21:51 20
Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tomonidan futbol boʻyicha "Dekan kubogi" musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish hamda jismoniy imkoniyatlarini yanada shakllantirish maqsadida o'tkazilmoqda. Musobaqda bevosita fakultet Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari O.Ergashev hamda tyutorlari ishtirok etdi hamda jarayonni nazorat qilib bordilar.