Iqtidorli talabalarimizning ilmiy yutuqlari tobora yangi bosqichga chiqmoqda
15.03.2026 13:44:01 9
Avval xabar berganimizdek "Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur tanlovning Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumani hamda Namangan viloyati Uychi tumanida saralash bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu bosqichda ham eng yuqori ko'rsatkich bilan quyidagi talabalarimiz g'oliblikni qo‘lga kiritib 4 mln. 120 ming so'm pul mukofotiga ham ega bo'ldilar.
Mahkamov Mahmudjon - Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 4-bosqich talabasi.
Qodirjonov Shohjaxon Abdurasul oʻgʻli - Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yoʻnalishi 2-bosqich talabasi.
E'tiborlisi shundaki, tanlovning Yangiqo'rg'on, Chortoq, Norin, Uchqo'rg'on, Farg'ona viloyati Quva, Furqat tumani, Navoiy viloyati Qiziltepa tumanlari bosqichlarida ham 10 nafar talabamiz g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Umumiy hisobda keyingi bosqichga chiqqan talabalarimiz soni 12 nafarni tashkil etib, jami 24 million 720 ming so‘m pul mukofotini jamg‘arishdi.
Ma'lumot uchun 12-mart kuni tanlovning To'raqo'rg'on tuman bosqichi bo‘lib o‘tadi.