ILM-FAN VA TAʼLIM: MAKTAB VA NAMDPI KOʻPRIGI
03.04.2025 00:27:53 30
Namangan davlat pedagogika institutining navbatdagi o'quv metodik markazi — Chust tumanidagi 10-maktabida ochildi.

MAQSAD — tumanda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, dunyoning ilg‘or ta’lim amaliyotlari uchun ma’rifiy makonni yaratish, sifatli ta’lim tizimi uchun hamkorlikda harakat qilish.
VAZIFALAR — umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish; dual taʼlim doirasida 4+2 tizimini maqsadli va samarali tashkil etish; umumta'lim maktablariga o'quv-uslubiy metodik yordam berish; maktab va institut o'rtasidagi hamkorlik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish; ta’lim muassasalarining pedagogika sohasidagi tajribasini o‘rganish, o‘rgatish va ommalashtirish.