"KELAJAK SOATI" RUKNI OSTIDA "MA'RIFAT DARSI" O'TKAZILDI
17.02.2026 13:24:36 17
Namangan davlat pedagogika institutida “Kelajak soati” rukni ostida “ HALOLLIK VAKSINASI” mavzusida navbatdagi “Ma’rifat darsi” mashg‘ulotlari o'tkazildi.
Mazkur dars halollik, vijdonlilik, mas’uliyat, adolatga sodiqlik kabi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratildi. “Halollik vaksinasi” g‘oyasi orqali jamiyat hayotida halollikning ahamiyati, uning inson shaxsiyati va kelajakdagi muvaffaqiyatlariga ta’siri haqida tushunchalar berildi. Dars davomida talabalar real hayotiy misollar, muhokamalar, noto‘g‘ri xatti-harakatlarning oqibatlarini tahlil qildilar. Mazkur dars davomida talabalarda sog‘lom ma’naviy immunitetni – ya’ni yolg‘on, firibgarlik, korrupsiya kabi salbiy illatlarga qarshi “ichki vaksina”ni shakllantirildi. Mashg‘ulot davomida mustaqil fikrlash, to‘g‘ri qaror qabul qilish, o‘z xatti-harakatlari uchun javobgarlik his qilish ko‘nikmalari rivojlantirildi.
Ma'ruzachilar:
Alisher ISOQBOYEV
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori
Javohir YULDASHEV
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i
Ramziddin TURSUNOV
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i
Halollik – insonning eng kuchli ma’naviy tayanchi, jamiyatning esa taraqqiyot poydevoridir. Halol bo‘lgan talaba rostgo‘y, adolatli va mas’uliyatli bo‘lib voyaga yetadi, halol bo‘lgan jamiyat esa ishonch, totuvlik va taraqqiyot sari rivojlanadi. “Halollik vaksinasi” – bu insonning ichki immuniteti, ya’ni yolg‘on, pora, aldov, dangasalik va beparvolik kabi illatlardan o‘zini himoya qila olishi demakdir. Har bir talaba halollikni avvalo uyda, institutda, va do‘stlar davrasida amalda namoyon qilsa, o‘zini ham, boshqalarni ham to‘g‘rilikka chorlaydi. Toza fikr, toza mehnat, toza niyat – Vatan oldidagi eng katta xizmatdir. Kichik, ammo halol ishlar: darsni vijdon bilan bajarish, o‘zgalarning haqqiga tegmaslik, topilgan narsani egasiga qaytarish, navbatga rioya qilish, yolg‘on gapirmaslik – bularning barchasi Yangi O‘zbekistonning halol va pok kelajagini barpo etishda bizning ulushimizdir.