Talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi
03.12.2025 10:07:16 11
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani T. Abdullayev Namangan shahar, Ozod MFY, Namuna ko‘chasida joylashgan ijara xonadonida yashovchi talabalar holidan xabar oldi. Uchrashuv davomida talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning yashash sharoiti, o‘quv jarayoni va qishki mavsumga tayyorgarligi o‘rganildi.
Tadbirda dekan bilan birga institut profilaktika inspektori G. Rahmatullayeva ham ishtirok etdi. U talabalar bilan xavfsizlik qoidalari, tartib-intizom, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida muloqot olib bordi.
Qishki mavsumga tayyorgarlik doirasida xonadonning issiqlik ta’minoti, yong‘in xavfsizligi, elektr jihozlari holati va sanitariya gigiyena talablari ham ko‘zdan kechirildi.