"Millatlararo Hamjihatlik: Muhiddinova Naimaning Global Hamkorlikni Mustahkamlashga Bagʻishlangan Ilhomlantiruvchi Maqolasi"
30.12.2024 11:08:08 2
Namangan davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 1-kurs magistranti Muhiddinova Naima xalqaro miqyosda eʼtirofga sazovor boʻlmoqda. Uning "Let’s Unite For One Country" nomli maqolasi Kenya davlatining nufuzli "MT. Kenya Times" xalqaro gazetasining 2024-yil 17-dekabrdagi sonida eʼlon qilindi.
Mazkur maqola xalqaro hamjihatlik, millatlararo birdamlik va insoniyatning umumiy manfaatlari yoʻlida hamkorlikni mustahkamlash masalalarini yoritadi. Muhiddinova Naima oʻz maqolasida global muammolarni birgalikda hal etish va jahon tinchligini saqlashga chaqirgan.
Bu yutuq Namangan davlat pedagogika instituti talabalarining ilmiy va ijodiy salohiyati hamda ularning xalqaro maydondagi faol ishtirokini yaqqol namoyon etadi.