Xalqaro hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar
28.04.2026 07:58:07 37
Namangan davlat pedagogika instituti dotsentlari A.Satarov, N.Mamatxonova va M.Usmonovalar ilmiy safarlarini davom ettirishmoqda. Jarayon davomida A.I Gersen nomidagi RGPUning pedagogika institutida bir qator pedagog olimlar , professorlar bilan tanishdi. Ularning taʼlim sohasidagi faoliyatlarini oʻrganishdi.
Qolaversa Pedagogika yoʻnalishi boʻyicha 13.00.01 va 13.00.08 ilmiy kengash faoliyatlari bilan ham tanishib kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha fikrlar almashildi. Ayniqsa, institut professori Andrey Ahayan tomonidan ishlab chiqilgan elektron jurnal va vertual taʼlim markazi ustozlarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur markaz va elektron jurnalga maqolalar nashr qilish boʻyicha kelishib olindi.Institutming tajribali professorlari tomonidan yaratilgan oʻquv adabiyotlari esdalik sovgʻasi sifatida taqdim qilindi.