English English English

Buyuk tarix — buyuk saboqlar!

  10.04.2026 11:11:30    7


Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma'naviyat asoslari) magistratura mutaxassisligi 1-bosqich magistrantlari tomonidan  Fizika hamda Ijtimoiy ish yoʻnalishlari 1- bosqich talabalari ishtirokida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.


Buyuk tarix — buyuk saboqlar!


Tadbir davomida Sohibqironning murakkab va ibratli hayot yo‘li, uning davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati, adolat va tartibga asoslangan siyosati atroflicha yoritib berildi. Jarayonida talabalar faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar hamda mavzu yuzasidan qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir buyuk ajdodimiz tavalludining 690 yilligi munosabati bilan o‘tkazilib, yoshlar qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

 

Buyuk tarix — buyuk saboqlar! Buyuk tarix — buyuk saboqlar! Buyuk tarix — buyuk saboqlar!