Milliy she'riyat kechasi
23.04.2025 09:28:14 5
NamDPIda "Milliy she'riyat kechasi" tanlovi boʻlib oʻtadi
Namangan davlat pedagogika institutida “Milliy qadriyatlar va ularning millat maʼnaviyatidagi oʻrni” shiori ostida milliy anʼanalar, urf-odatlar yoki qadriyatlarni yorituvchi "Milliy sheʼriyat kechasi” doirasida milliy sheʼrlarni yodlash va ijro etish tanlovi boʻlib oʻtadi.
Tanlovda barcha fakultet talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov g’oliblari diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.
O'tkazilish joyi: ARM 2-qavati
Oʻtkazilish vaqti: 23-aprel soat 13.00 da