English English English

IDORAVIY ARXIV — TASHKILOT XOTIRASI VA BOSHQARUV SAMARADORLIGINING MUHIM OMILI

  08.06.2026 11:02:41    22



IDORAVIY ARXIV — TASHKILOT XOTIRASI VA BOSHQARUV SAMARADORLIGINING MUHIM OMILI


IDORAVIY ARXIV — TASHKILOT XOTIRASI VA BOSHQARUV SAMARADORLIGINING MUHIM OMILI

Har yili 9-iyun sanasida Xalqaro arxivlar kuni nishonlanadi. Ushbu sana arxivlarning jamiyat taraqqiyoti, tarixiy merosni asrash va hujjatlarni kelajak avlodlarga yetkazishdagi muhim o‘rnini e’tirof etishga xizmat qiladi.

Idoraviy arxiv har bir tashkilot faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib, unda muassasaning tarixi, rivojlanishi va faoliyatini aks ettiruvchi muhim hujjatlar saqlanadi. Mazkur hujjatlarni tartibli saqlash, hisobga olish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Hozirgi kunda axborot texnologiyalarining rivojlanishi arxiv ishiga ham yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Xususan, hujjatlarni raqamlashtirish, ularning elektron nusxalarini shakllantirish va elektron bazalarda saqlash ishlari arxiv faoliyatining muhim yo‘nalishiga aylanmoqda.

Namangan davlat pedagogika institutida ham idoraviy arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Shuningdek, institutning Digital Campus tizimida alohida “Arxiv” bo‘limi tashkil etilib, raqamlashtirilgan hujjatlarning elektron nusxalarini joylashtirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa hujjatlardan foydalanish qulayligini oshirish, ularning saqlanishini ta’minlash hamda zamonaviy elektron arxiv tizimini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Bugungi raqamli davrda arxivlar nafaqat hujjatlarni saqlash, balki axborotni boshqarish va undan samarali foydalanishni ta’minlovchi muhim tizim sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bois idoraviy arxiv faoliyatini takomillashtirish va raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.