Navoiyga ehtirom: she'riyat, ilm va hikmat kechasi
05.02.2025 19:20:11 39
Namangan davlat pedagogika institutida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan "Navoiyga ehtirom: she'riyat, ilm va hikmat kechasi" nomli ochiq muloqot boʻlib oʻtdi

Muloqotda institutning birinchi prorektori A.Isoqboyev ochib berib, Alisher Navoiy ijodining milliy va umumbashariy ahamiyati haqida so‘z yuritdi. U zotning o‘lmas asarlari o‘zbek adabiyoti va madaniyatining bebaho xazinasi ekani, yosh avlodning ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyat bo'limi rahbari Ziyovuddin Mansur, O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri R.Tillayevalar ishtirok etishdi. Professor-o'qituvchilar va iqtidorli talabalar buyuk shoirning g‘azallaridan namunalar o‘qib, ularning mazmun-mohiyatini sharhlashdi.
Ishtirokchilar Navoiy hayoti va ijodi shuningdek, uning asarlari bugungi kunda ham insoniyatga ma’naviy ozuqa bo‘lib xizmat qilayotganini yana bir bor his etdilar.
Navoiy so‘zining jozibasi hech qachon so‘nmaydi, u avlodlar qalbida mangu yashaydi!