English English English

“Yosh hunarmandlar” toʼgaragida jonlangan ertak qahramonlari

  06.12.2025 08:09:08    1


Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti huzuridagi “Yosh hunarmandlar” toʼgaragi talabalari oʼzlarining ijod olamiga yana bir dadil qadam qoʼydilar.


“Yosh hunarmandlar” toʼgaragida jonlangan ertak qahramonlari


Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti Sh. Tursunova rahbarligida tashkil etilgan bu mashgʼulot nafaqat oʼquv jarayonining bir qismi, balki milliy qadriyatlar va zamonaviy tafakkurning uygʼunlashgan manzarasiga aylandi. Bu safar toʼgarak aʼzolari qoʼllariga oddiygina qovoqni olishdi, ammo ularning tasavvuri va mahorati natijasida bu qovoqlar moʼjizaviy asarga aylandi.

Talabalar qovoq yuzasiga sevimli ertak qahramonlarini chizib, goʼyo bolalik dunyosining sehrli eshiklarini qayta ochdilar.

“Yosh hunarmandlar” toʼgaragining ushbu mashgʼuloti nafaqat badiiy ijod va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, balki yangi avlodda ijodkorlik ruhini uygʼotish yoʼlidagi samarali tashabbus boʼldi.


“Yosh hunarmandlar” toʼgaragida jonlangan ertak qahramonlari “Yosh hunarmandlar” toʼgaragida jonlangan ertak qahramonlari