“Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.
15.01.2025 12:37:27 31
15-yanvar kuni Yoshlarni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur bilish ruhida tarbiyalash maqsadida Namangan davlat pedagogika institutida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda institut birinchi prorektori A.Isoqboyev boshchiligida Nuroniy jamg‘armasi Namangan shahar bo‘limi raisi Anvarjon Nasriddinov, Ichki ishlar faxriysi, Namangan shahar Ichki ishlar Faxriylar Kengashi raisi Abdulloxon Djaparxo‘jayev, O‘zbekiston Respublikasi Veteran jang faxriy va nogironlar birlashmasi Namangan viloyati bo‘limi xodimi Murodjon Jo‘rabayev ishtirok etishdi.