English English English

O‘quv-ilmiy metodik markazga tashrif

  27.05.2026 08:04:26    4


Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani Z. Abdullayev hamda dekan o‘rinbosari S. Dadaboyevlar boshchiligida Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 54-sonli umumta’lim maktabi huzurida tashkil etilgan O‘quv-ilmiy metodik markazga tashrif amalga oshirildi.


O‘quv-ilmiy metodik markazga tashrif


Tashrif davomida Pedagogika fakulteti rahbariyati tomonidan o‘quvchilarga institutda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, kredit-modul tizimi, talabalar uchun yaratilgan ijtimoiy va ma’naviy muhit haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, fakultet tarkibidagi yo‘nalishlar, ularga kirish talablari, kelgusida kasbiy faoliyat yuritish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, institutda tahsil olish tartibi, qabul jarayonlari, grant va kontrakt asosidagi o‘qish imkoniyatlari, shuningdek, talabalar uchun yaratilgan qo‘shimcha imkoniyatlar yuzasidan batafsil javoblar oldilar.


O‘quv-ilmiy metodik markazga tashrif