English English English

"Kitoblar ulashamiz"

  12.01.2025 08:23:01    3



"Kitoblar ulashamiz"


NamDPIda "Kitoblar ulashamiz" chellenji davom etmoqda

O’zbek va xorijiy tillar kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Mahbubaxon Sobirova Namangan davlat pedagogika instituti Axborot resurs markazi kitoblar va ilmiy asarlar fondini boyitib borishga hissa qo’shishayotgan ustozlardan.

O’quv yili boshida kognitiv faoliyatni rivojlantirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashning didaktik tizimi, boshlang'ich sinf o'quvchilarida dialogga asoslangan munosabatlar madaniyatini shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari, oʻzbek tili gemeronimlarining tarixiy-lisoniy tadqiqi, oliy o'quv yurtlarida yadro fizikasi bo'limini o'qitish metodikasini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirishga oid; umumiy o’rta ta’limda "Informatika va axborot texnologiyalari" fanini o'qitishning uzviyligi hamda uzluksizligini ta'minlash metodikasi, turli tizimli tillarda kongruentlik hodisasi, amaliy mashg'ulotlar jarayonida bolajak tasviriy san'at o'qituvchilarining kasbiy kompentensiyasini rivojlantirish, boshlang'ch sinf matematika darslarida o'quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish xususida hamda pedagogika oliy ta'lim muassasasi talabalarini ijtimoiy moslashtirish texnalogiyasini takomillashtirish, boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativ salohiyatni oshirish, texnologiyasini shakllantirish mavzulariga oid 15 dan ziyod dissertatsiya avtoreferatlarini topshirgan bo’lsa, kuni kecha ta’lim-tarbiya nazariyasi va o’qitish metodikasiga oid tadqiqotchilar, ilmiy izlanuvchilar, magistrantlar, barcha yo’nalishdagi bakalavriat talabalarining bilim olishlarida foydalanishlari uchun innovatsion yondashuvlar, fanlararo integratsiya, chet tillarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish, talabalarda lingvomadaniy kompetentlikni rivojlantirish, talabalarning kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish, tanqidiy fikrlash malakalarini hamda nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish, yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash, raqamli texnologiyalardan foydalanishga oid 20 nomdan ortiq dissertatsiya avtoreferatlarini sovg’a qildi.
Namangan davlat pedagogika institutida Axborot resurs markazini ilmiy asarlar bilan boyitib borish doirasidagi "Kitoblar ulashamiz" chellenji davom etmoqda!


"Kitoblar ulashamiz" "Kitoblar ulashamiz" "Kitoblar ulashamiz"