"Mirzo Ulug‘bek Vorislari" Tanloviga Tayyorlanish Bo‘yicha O‘quv-Seminar Tashkil Etildi
06.02.2025 19:33:35 58
Namangan davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi hamda Yoshlar akademiyasi tomonidan Aniq va tabiiy fanlar fakultetida Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi tomonidan tashkil etilayotgan «Mirzo Ulugʻbek vorislari» respublika tanlovi boʻyicha oʻquv-seminari o'tkazildi.

Oʻquv-seminarida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshlig'i R.Tursunov, Yoshlar akademiyasi lideri A.O'rmonjonov hamda tanlovning tuman bosqichi g'olibi M.Mamajonovlar tomonidan tanlovda ishtirok etish tartib-qoidalari va shartlari, ilmiy hamda innovatsion loyiha tayyorlash va shakllantirish masalalari bo'yicha batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.
Tanlov bo'yicha qo'shimcha savollar uchun quyidagi telegram manziliga murojaat qilishingiz mumkin:
Ramziddin Tursunov
Azizbek O'rmonjonov