Talabalar bilan profilaktik tadbirlar davom etmoqda
20.12.2025 08:36:16 17
"Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida Namangan davlat pedagogika institutida yoshlar orasida yo'l transport hodisalarini oldini olish, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida “Qoidalarga amal qilgan talaba — xavfsiz jamiyat garovi” mavzusida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
Unda institut rahbariyati va Namangan viloyati IIB JXX YHXB mas'ul xodimlari ishtirok etib, talabalar bilan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, tezlikni oshirmaslik, piyodalar o‘tish joylarida ehtiyotkor bo‘lish hamda svetofor chiroqlariga e’tiborli bo‘lish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalarga yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq videoroliklar namoyish etilib, ularni qiziqtirgan savollarga mas'ullar tomonidan javoblar berildi.