IJODIY ISHLAR KOʻRGAZMASI TASHKIL ETILDI
20.04.2026 10:08:57 5
Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Art pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida “Ranglar jilosi - milliy meros ifodasi” mavzusida ijodiy ishlar koʻrgazmasi oʻtkazildi.
Ko‘rgazma avvalida Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev tashrif buyurgan mehmonlarni samimiy kutib oldi va tadbirni ochib berdi. Tadbirning ochilish marosimi tantanali ruhda o‘tdi va unda milliy san’at, qadriyatlar hamda yosh ijodkorlarning iste’dodi alohida e’tirof etildi.
Ko‘rgazmada talabalar tomonidan yaratilgan rangtasvir asarlari, amaliy san’at namunalari, dizayn ishlari hamda milliy an’analarni aks ettiruvchi ijodiy loyihalar namoyish etildi. Har bir asarda milliylik, estetik did va zamonaviy yondashuv uyg‘unlashgani mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir davomida mehmonlar ko‘rgazma bilan yaqindan tanishib, yosh ijodkorlarning ishlariga yuqori baho berdilar. Ular bunday ko‘rgazmalar talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, milliy merosimizni keng targ‘ib etish hamda san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
Mazkur ko‘rgazma nafaqat ijodiy ishlar namoyishi, balki milliy qadriyatlarimizni e’zozlash, ularni yoshlar qalbiga singdirish va kelajak avlodga yetkazishda muhim madaniy-ma’rifiy tadbir sifatida alohida o‘rin tutdi.