“Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” va “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi
10.04.2026 10:33:53 7
“Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” va “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi
Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i Murodjon Nabijonov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Namangan shahridagi bo‘limi bosh mutaxassisi Shuhratjon Musaxonov, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimlari Sarvar Saidov hamda Jo‘rabek Cho‘tmatov ishtirok etib, yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbat olib bordi.
Tadbir davomida jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, inson qadri, huquq va erkinliklarini hurmat qilish, shuningdek, jamiyat taraqqiyotida ma’naviy immunitetning o‘rni haqida atroflicha fikr yuritildi.
Uchrashuv yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, ularni yuksak ma’naviyat, ogohlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan ekani alohida ta’kidlandi.