English English English

"BITTA QIZNI O'QITSAK, BUTUN OILANI O'QITGAN BO'LAMIZ..."

  16.02.2025 11:02:38    33


"Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan o‘tkazgan samimiy muloqotida ularni yangi marralarni zabt etishga ilhomlantirdi. Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Bu uchrashuv yoshlar uchun katta ruhiy va ma’naviy ko‘mak bo‘lib, ularning faolligi, jamiyat taraqqiyotidagi ishtiroki hamda ulkan maqsadlar sari intilishi uchun yangi turtki bo‘ldi. Prezidentning ishonch va e’tibori yoshlarni yanada mas’uliyatli, tashabbuskor va g‘ayratli bo‘lishga undaydi.


"BITTA QIZNI O'QITSAK, BUTUN OILANI O'QITGAN BO'LAMIZ..."


"Bitta qizni o‘qitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz. Oila bilimli, ma’rifatli bo‘lsa, butun jamiyat bilimli, ma’rifatli bo‘ladi".
Prezident Shavkat Mirziyoyevning mazkur so‘zlari ayollarning jamiyatdagi o‘rni va ta’limning ahamiyatini yuksak baholashini anglatadi. Chunki ayol – oilaning tayanchi, kelajak avlod tarbiyachisi va jamiyat ravnaqining asosiy omillaridan biri.
Haqiqatdan ham, bir qiz bolaga ta’lim berish – bu nafaqat uning kelajagini, balki butun oila va jamiyatning ravnaqini ta’minlash demakdir. Bilimli ayol farzandlarini ham ilmga, ma’rifatga yo‘naltiradi, oilada sog‘lom muhit yaratib, jamiyatning ravnaqiga hissa qo‘shadi.
Shu sababli, mamlakatimizda qizlarning ta’lim olishiga katta e’tibor qaratilayotgani, ular uchun teng imkoniyatlar yaratilayotgani yuksak qadriyatlarimiz va taraqqiyotga bo‘lgan intilishimizning yorqin ifodasidir.

Suhrob DADABOYEV,
Pedagogika fakulteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari