Namangan davlat pedagogika institutida Yangi yil nafasi
15.12.2025 08:55:11 2
Aniq va tabiiy fanlar fakultetida Yangi yil shukuhi tobora avj olmoqda.
Talabalar uchun quvonch va ko‘tarinki kayfiyat yaratish maqsadida fakultetda bayramona muhit shakllantirilmoqda. Bu jarayonda fakultet rahbariyati, xususan dekan va dekan o‘rinbosarlari talabalarga o‘zgacha Yangi yil kayfiyati ulashishda faol ishtirok etmoqda.
Bayramona bezaklar, yorqin atmosfera hamda talabalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar – barchasi Yangi yilning mehrli va iliq ruhini his ettirmoqda.