English English English

REGGIO PEDAGOGIKASI

  16.06.2026 09:47:02    14


Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “ REGGIO PEDAGOGIKASI” mavzusi asosida seminar trening o'tkazildi


REGGIO PEDAGOGIKASI


Maktabgacha ta’lim kafedrasi hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda “REGGIO PEDAGOGIKASI” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda Maktabgacha ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari, hamkor maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, direktor o‘rinbosarlari, pedagoglar hamda talabalar ishtirok etdilar.

       Tadbir davomida Reggio pedagogikasining nazariy asoslari, maktabgacha ta’lim tizimidagi o‘rni, bolalarning ijodiy va mustaqil fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati yuzasidan ma’lumotlar berildi.

        Seminar jarayonida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) O.Olimjonova tomonidan Reggio pedagogikasining innovatsion imkoniyatlari va ta’lim jarayonidagi samaradorligi haqida ma’ruza qilindi. Shuningdek, M.Asranbayeva tomonidan mazkur pedagogik yondashuvning amaliy jihatlari hamda uni maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruza taqdim etildi.
    Seminar-treningda hamkor maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari ham faol ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar hamda mavzu doirasida ma’ruzalar qildilar.


REGGIO PEDAGOGIKASI REGGIO PEDAGOGIKASI