English English English

Yoshlar akademiyasi lideri: Talabalar ilm-fan sari

  28.01.2025 09:36:41    7


🏛 Rektorimiz Bahodir Xusanovning 2025-yilning 10-yanvardagi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Avezimbetovich Sharipovga 20-18/28-05/-son bilan yoʻllagan xatiga muvofiq, institut Talabalar akademiyasi Respublika tizimida “Yoshlar akademiyasi lideri” tizimi yo‘lga qo‘yiladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritildi.

🆔 Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi joriy yilning 22-yanvardagi 03/42-177-sonli xatida xabar berdi.


Yoshlar akademiyasi lideri: Talabalar ilm-fan sari


Ma'lumot o'rnida, Talabalar akademiyasi institut rektorining 2023-yil 22-noyabrdagi 119-sonli buyrug'iga asosan tashkil etilgan bo'lib, ikki yillik oz fursatdagi faoliyati davomida o'ndan ortiq talaba-yoshlar Respublika miqyosidagi tanlovlarda, yuzga yaqini viloyat va institut bosqichidagi tanlov hamda loyihalarda g'oliblikni qo'lga kiritdi, uch nafar lider qizlarimiz nomli davlat stipendiyasini qo'lga kiritdilar. Bundan tashqari, yuzlab akademiya a'zolari o'z kafedralarida ilmiy rahbarlari bilan birgalikda mavzular tanlab, ilmiy faoliyatini olib bormoqdalar...


Yoshlar akademiyasi lideri: Talabalar ilm-fan sari