ILM SARI YO'L KITOB BILAN BOSHLANADI
15.02.2026 13:25:43 9
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Xoshimova Oydina Shuhratovna tomonidan XTA-AU-22 va XTA-DU-22 guruhlariga ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi navbatdagi seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
Seminar davomida talabalar tomonidan mutolaa qilinayotgan va sevimli adabiyotlar taqdim etilib, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi. Seminar jarayonida turli janr va yo‘nalishdagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishilib, kitobxonlikning shaxs kamoloti va intellektual rivojlanishdagi muhim o‘rni yana bir bor ta’kidlandi.