English English English

“Zamonaviy fan: yangi yondashuvlar va yosh olimlarning aktual tadqiqotlari”

  18.03.2025 16:08:14    58


 Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar akademiyasi hamda M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti bilan hamkorlikda “Zamonaviy fan: yangi yondashuvlar va yosh olimlarning aktual tadqiqotlari” mavzusidagi Xalqaro talabalar ilmiy konferensiyasi ochilish marosimi bo'lib o'tdi.


“Zamonaviy fan: yangi yondashuvlar va yosh olimlarning aktual tadqiqotlari”


 Anjumanda, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Murodxon Qodirxonov, bo'lim boshliqlari, Yoshlar akademiyasi lideri, yo'nalish koordinatorlari, iqtidorli talaba-yoshlar hamda O'zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali, M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti kabi oliy ta'lim muassasalari vakillari o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.

 Kun tartibida, tabiiy, texnik, ijtimoiy, gumanitar va iqtisodiy fanlar hamda zamonaviy ta’lim metodlari, yoshlarni ijtimoiy moslashuvi va ma’naviy tarbiyasi, globallashuv davrida chet tillarini o‘rganishning ahamiyati, raqamli ta’lim texnologiyalari va ta’lim jarayonida sun’iy intellekt masalalari muhokama qilindi.

 Ma'lumot uchun, ertaga (15-mart kuni) konferensiyaning yo'nalishlari kesimida tayanch doktorantlar, tadqiqotchilar, iqtidorli talabalarning ma'ruzalari bo'lib o'tadi.

 Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o‘z hissangni qo‘sh!


“Zamonaviy fan: yangi yondashuvlar va yosh olimlarning aktual tadqiqotlari” “Zamonaviy fan: yangi yondashuvlar va yosh olimlarning aktual tadqiqotlari” “Zamonaviy fan: yangi yondashuvlar va yosh olimlarning aktual tadqiqotlari” “Zamonaviy fan: yangi yondashuvlar va yosh olimlarning aktual tadqiqotlari” “Zamonaviy fan: yangi yondashuvlar va yosh olimlarning aktual tadqiqotlari” “Zamonaviy fan: yangi yondashuvlar va yosh olimlarning aktual tadqiqotlari” “Zamonaviy fan: yangi yondashuvlar va yosh olimlarning aktual tadqiqotlari”