Moliyaviy savodxonlik olimpiadasi g'oliblarini taqdirlash marosimi yuzasidan MA’LUMOT
02.03.2026 22:18:46 2
Namangan davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari uchun Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi tomonidan tashkil etilayotgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi bo'yicha seminar-trening mashg'uloti doirasida "Yilning eng faol talabasi (https://t.me/NamDPI_iqtidorli/2693)" hamda "Moliyaviy savodxonlik (https://t.me/NamDPI_iqtidorli/2933)" olimpiadasi g'oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etiladi.
Taqdirlash marosimida, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor M.Qodirxonov, Moliya va iqtisod ishlari bo'yicha prorektor D.Boydedayev, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Namangan viloyat kengashi bosh mutaxassisi J.Maxsutaliyev, Korrupsiyaga qarshi kurash "Kompleans-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i A.Tojimatov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi hamda ularga maxsus diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi.