"Navro'z — qadriyatlar beshigi" haftaligi doirasida davra suhbatlari davom etmoqda
18.03.2025 16:05:39 40
Haftalik doirasida bu galgi davra suhbati Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi vakillari bilan radikallashuv va uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida boʻldi.

Suhbat davomida soha mutaxassislari yoshlar o'rtasida radikallashuvning oldini olish va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, norasmiy sayt, messengerlarga kirmaslik, shubhali maʼlumotlar tarqatmaslik haqida kerakli tavsiyalarni berib o'tishdi.
Tadbir so'nggida talaba-qizlar uchun qiziqarli psixologik-treninglar o'tkazildi.