"Stressiz hayot go'zal, alvido stress yoxud ruxiy xalovat sirlari" nomli psixologik trening tashkil etildi.
16.11.2024 09:57:20 4
"Talabalar akademiyasi oyligi" doirasida institut xotin-qizlar psixologi N.Tajibayeva tomonidan, talabalarni stressini yengish, o‘qishdagi qiyinchiliklarni hal etish va shaxsiy rivojlanishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Stressiz hayot go'zal, alvido stress yoxud ruxiy xalovat sirlari" nomli psixologik trening tashkil etildi.
Treningda, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i R.Tursunov, Pedagogika fakulteti tyutorlari, NamDCHTI psixologi Sh.Mamajonova hamda talabalar ishtirok etishdi.
Mashg'ulot davomida, psixolog tomonidan stress nima va uning turlari, stressning ta’siri, stressni aniqlash, boshqarish usullari, stressdan xalos bo‘lish bo‘yicha talabalarga ma'lumotlar berilib, talabalar ishtirokida "Sehrli stul", "Stressni g'ijimlash va jamoaviy jipslik", "Stressingizni yasang" nomli qiziqarli mashg'ulotlar o'tkazildi.
____
Talabalar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o‘z hissangni qo‘sh!