English English English

Institut talabalari yengil atletika bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdilar!

  10.04.2026 11:28:36    8


Namangan viloyatida  oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasining hududiy bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.


Institut talabalari yengil atletika bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdilar!


Namangan viloyatida  oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasining hududiy bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur sport musobaqa Namangan shahridagi Barkamol avlod sport majmuasida o‘tkazilib, talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Musobaqada viloyatdagi turli oliy ta’lim muassasalaridan jami 70 nafar iqtidorli sportchi-talabalar ishtirok etib, ular yengil atletikaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Ushbu bellashuvlar sportchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratib, ularning jismoniy sifatlarini, jumladan tezkorlik, chidamlilik va kuch ko‘rsatkichlarini namoyon etish imkonini berdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra jamoaviy hisobda quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o‘rin - Namangan davlat pedagogika instituti;
2-o‘rin - Namangan davlat universiteti;
3-o‘rin - Turon universiteti.

Shuningdek, yengil atletika sport turi musobaqa natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi respublika final bosqichida viloyat sha’nini munosib himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqa natijalari talabalar o‘rtasida sport madaniyatini rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularni keyingi bosqichlarga puxta tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Institut talabalari yengil atletika bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdilar! Institut talabalari yengil atletika bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdilar! Institut talabalari yengil atletika bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdilar! Institut talabalari yengil atletika bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdilar! Institut talabalari yengil atletika bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdilar! Institut talabalari yengil atletika bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdilar!