Pedagogik ta’limda nazariya va amaliyot uyg‘unligi
25.10.2025 22:34:38 8
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ–289-sonli “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”**gi qarorining 2-bandiga muvofiq, pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2–4-bosqich talabalari uchun o‘quv jarayoni “4+2” tartibida tashkil etilmoqda.
Mazkur tartibga ko‘ra, darslarning 4 kuni institutda, 2 kuni esa maktabgacha yoki umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash shaklida olib boriladi.
Shunga asosan Namangan davlat pedagogika institutining 60112300 – Texnologik ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari ham o‘quv reja, malaka talablari va institut rektori tomonidan tasdiqlangan o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq umumta’lim maktablarida 4+2 amaliyotini o‘tamoqda.
Intellektual fanlar va axborot texnologiyalar kafedrasi professor-o‘qituvchilari J. Muxitdinova va G. Xusayinovalar Namangan shahar 18-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, biriktirilgan amaliyotchi talabalarning 6-sinf o‘quvchilariga “Texnologiya” fani bo‘yicha mashg‘ulot o‘tish jarayonini kuzatishdi.
Tashrif davomida talabalarning dars jarayonini olib borish mahorati, o‘quvchilarga yondashuv uslubi hamda nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalari o‘rganildi.