Zomin seminari ishtirokchisi iste'dodli shoira RUXSORA ISOQOVA bilan uchrashuv tashkil etildi.
30.01.2025 08:46:19 3
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida Namangan viloyati Yozuvchilar uyushmasi qoshida tashkil etilgan "Muzaffar so'z" to'garagining a'zosi, "Beg'ubor tong", "Yana yuragimga bahorlar qaytdi" nomli she'riy to'plamlar muallifi, Zomin seminari ishtirokchisi iste'dodli shoira RUXSORA ISOQOVA bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvga Yozuvchilar uyushmasi a'zosi noshir va shoir Ibrohim Mahkam, g'azalnavis shoira Ruqiya G'oziyeva, Pedagogika fakulteti tyutori Tojiboyev Boburjon va talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvni "Talabalar akademiyasi" Ma'naviy makon yo'nalishi koordinatori Samandarova Go'zalxon olib bordi.
Tashkil etilgan uchrashuvda ustozlar, talaba yoshlar va Ruxsora Isoqova ham o'z ijodidan she'rlar aytishdi.