NamDPI talabalari Fargʻona shahrida oʻzaro bellashmoqda
22.05.2026 08:31:12 14
Farg’ona davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazilayotgan sportning “Badminton” turi bo’yicha “Talabalar ligasi” musobaqasining respublika final bosqichi bo’lib o’tmoqda.
Mazkur musobaqalarda Namangan davlat pedagogika instituti ham munosib ishtirok etmoqda.
Musobaqalarning guruh bosqichida institut badmintonchilari faollikni qo’lga olib, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda Guliston davlat pedagogika instituti jamoalari bilan bahsda ustunlikka erishdi.
Musobaqalar davom etmoqda, jarayonni biz bilan kuzatib boring.