1-apreldan naqd pulsiz hisob-kitoblar bo‘yicha yangi tartib kuchga kiradi
11.03.2026 22:09:38 10
Namanganda talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan ushbu o‘zgarishlar va raqamli to‘lovlar xavfsizligi haqida ochiq suhbat tashkil etildi. Markaziy bank mutaxassislari naqd pulsiz to‘lovlar tizimi hamda raqamli moliyaviy xizmatlardan xavfsiz foydalanish mavzusida suhbat o‘tkazdi.
Uchrashuvlar Namangan davlat texnika universiteti va Namangan davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida 1-apreldan kuchga kiradigan yangi naqd pulsiz hisob-kitob tartibi, uning maqsadi va qulayliklari haqida ma’lumot berildi. Mutaxassislar bunday tizim to‘lovlarning shaffofligini oshirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Tasbirda raqamli moliyaviy xizmatlardan xavfsiz foydalanish masalalari ham muhokama qilindi. Onlayn firibgarlikning keng tarqalgan usullari haqida tushuntirilib ulardan qanday himoyalanish mumkinligi aytib o‘tildi.