"Ochiq eshiklar" kuni
11.01.2025 08:08:17 2
"Dinamo" sport majmuasida "Ochiq eshiklar" kuni oʻtkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Namangan shahrida joylashgan "Dinamo sport majmuasida Huquqni muhofaza qiluvchi organ tashkilotlari ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Unda, viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari yoshlari qatorida Namangan davlat pedagogika instituti talabalari ham faol ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirdan maqsad yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona Vatanga boʻlgan muhabbatini oshirish, shuningdek, yoshlarni kasbga qiziqtirishdan iboratdir.
Tadbir davomida institut axborot xizmati tomonidan tayyorlangan qutlov tabriklari chinakam Vatan himoyachilarga yetkazildi.
Bu kabi tadbirlar viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.