8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
02.12.2025 09:59:16 4
8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun: Yangilangan Bosh qomusimiz parlament uchun yangi davrni boshlab berdi.
Mustaqil davalatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi har yilgidan ko‘ra o‘zgacha shukuh bilan nishonlanishi tabiiydir.
Shu munosabat bilan Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori S.Qodirova tashabbusi bilan Namangan shahar prokuror yordamchisi II darajali yurist U. Samijonov ishtirokida “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” mazusida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu uchrashuv talabalarning huquqiy madaniyati yanada oshishida, huquqiy dunyoqarashi va bilimlarini yanada kegayishida, konstitutsiya va qonunlarga hurmati yanada oshishiga xizmat qilsa ajabmas.
Huquqiy davlatning muhim va ajralmas belgisi - bu qonun ustuvorligi hisoblanadi.