English English English

NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “5 TASHABBUS OLIMPIADASI” INSTITUT BOSQICHI DAVOM ETMOQDA!

  29.10.2025 22:46:09    8


Namangan davlat pedagogika institutida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan “5 tashabbus olimpiadasi”ning institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.


NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “5 TASHABBUS OLIMPIADASI” INSTITUT BOSQICHI DAVOM ETMOQDA!


Mazkur bosqichda fakultetlarda saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng faol, iqtidorli va tashabbuskor talabalar o‘zaro bellashdilar. Ular madaniyat va san’at, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari hamda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z g‘oyalarini namoyish etdilar.

Tadbirning ochilish marosimini institutning birinchi prorektori A.Isoqboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida “5 tashabbus” loyihasining yoshlar hayotida tutgan o‘rni, ularning ijtimoiy faolligi va kasbiy shakllanishiga qo‘shayotgan hissasi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Bellashuv davomida talabalar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqarli chiqishlar, amaliy loyihalar va ijodiy ishlanmalar bilan ishtirok etishdi. G‘olib va faol ishtirokchilar institut rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

“5 tashabbus olimpiadasi” — bu nafaqat musobaqa, balki yoshlarning tashabbuskorlik, ijodkorlik va liderlik fazilatlarini namoyon etishlari uchun keng imkoniyatdir!


NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “5 TASHABBUS OLIMPIADASI” INSTITUT BOSQICHI DAVOM ETMOQDA! NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “5 TASHABBUS OLIMPIADASI” INSTITUT BOSQICHI DAVOM ETMOQDA! NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “5 TASHABBUS OLIMPIADASI” INSTITUT BOSQICHI DAVOM ETMOQDA! NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “5 TASHABBUS OLIMPIADASI” INSTITUT BOSQICHI DAVOM ETMOQDA! NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “5 TASHABBUS OLIMPIADASI” INSTITUT BOSQICHI DAVOM ETMOQDA! NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “5 TASHABBUS OLIMPIADASI” INSTITUT BOSQICHI DAVOM ETMOQDA! NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “5 TASHABBUS OLIMPIADASI” INSTITUT BOSQICHI DAVOM ETMOQDA!