Sportchilarimiz Respublika bosqichida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
20.11.2025 08:41:11 5
Namangan davlat pedagogika instituti talabalari Besh muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha Respublika bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Ushbu natija — sportchi yoshlarimizning mashaqqatli mehnati, matonati va murabbiylarining fidokorona tayyorgarlik jarayonlari samarasidir.
Mazkur yutuq institutimizda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir amaliy ko‘rinishidir.
Sportchilarimizni va ularning murabbiylarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!
Kelgusida yanada yuqori marralarni zabt etishlarida omad tilaymiz!