Sog‘lom tana — baxtli hayot garovi!
28.10.2025 22:41:03 12
Namangan davlat pedagogika instituti talabalari turar joyida Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori M.Ruzimetova tashabbusi bilan talaba qizlar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mazkur tadbirning maqsadi — talabalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish hamda kunni ijobiy kayfiyatda boshlashdir.
Qizlar birgalikda harakatli mashqlarni bajarishdi, sport musiqasi sadolari ostida tetiklashishdi va bir-birlariga ijobiy ruh bag‘ishlashdi.
Bunday sog‘lom hayotga da’vat etuvchi tadbirlar talabalarning nafaqat jismoniy, balki ruhiy holatini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.