English English English

“Yangi O‘zbekiston – talabalar olimpiadasi” doirasida basketbol musobaqalari o‘tkazildi

  22.04.2026 08:19:06    8


Namangan davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston – talabalar olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida sportning basketbol turi bo‘yicha bellashuvlar yuqori saviyada tashkil etildi.


“Yangi O‘zbekiston – talabalar olimpiadasi” doirasida basketbol musobaqalari o‘tkazildi


Musobaqada jami 8 ta jamoa ishtirok etdi. Shundan 4 ta jamoa yigitlar, 4 ta jamoa esa qizlar tarkibida o‘zaro kuch sinashdi.

Bahslar davomida ishtirokchilar sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik, tezkorlik hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini yaqqol namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, yigitlar o‘rtasida “Qalqon” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, musobaqa g‘olibiga aylandi. Qizlar o‘rtasida esa “Yangi yulduzlar” jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda jamoaviylik ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

 

“Yangi O‘zbekiston – talabalar olimpiadasi” doirasida basketbol musobaqalari o‘tkazildi “Yangi O‘zbekiston – talabalar olimpiadasi” doirasida basketbol musobaqalari o‘tkazildi “Yangi O‘zbekiston – talabalar olimpiadasi” doirasida basketbol musobaqalari o‘tkazildi “Yangi O‘zbekiston – talabalar olimpiadasi” doirasida basketbol musobaqalari o‘tkazildi “Yangi O‘zbekiston – talabalar olimpiadasi” doirasida basketbol musobaqalari o‘tkazildi