English English English

Oliygohda "Jonajon maktabimga kitob sovgʻa qilaman" shiori ostida ajoyib chellenj boshlandi!

  28.11.2024 09:50:40    27


Ushbu chellenjda institut professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari oʻzlari oʻqigan maktablariga kitob hadya qilishadi.


Oliygohda "Jonajon maktabimga kitob sovgʻa qilaman" shiori ostida ajoyib chellenj boshlandi!


Tashabbusni Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Art pedagogika kafedrasi mudiri, professor O'ktamjon Abdullayev boshlab berib, oʻzi tahsil olgan Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi 28- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktab kutubxonasiga oʻz ilmiy izlanishlari aks etgan darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya hamda sevib oʻqigan badiiy kitoblarini hadya qildi.

Hurmatli institut jamoasi hamda talabalari!
Siz ham ushbu chellenjda ishtirok etib, oʻquvchilarning kitobga boʻlgan qiziqishlari, madaniyatini oshishiga oʻz hissangizni qoʻshing!

Biz sizni oʻz maktabingizda kutib qolamiz!