AQShlik olim Namangan davlat pedagogika instituti vakillari bilan uchrashdi
31.10.2025 22:58:08 8
AQShning Yuta shtatida joylashgan Baskerville notijorat instituti ijrochi direktori, xalqaro munosabatlar sohasidagi taniqli olim doktor Bahman Baktiyari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur muloqotda Namangan davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A. Abdunazarov ham ishtirok etdi. Suhbat davomida ta’lim va ilmiy sohada o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchi va talaba almashinuv dasturlarini tashkil etish, shuningdek, xalqaro loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv ta’lim sohasida xalqaro integratsiyani kuchaytirish va hamkorlik istiqbollarini kengaytirishga xizmat qiladi.