English English English

Imom at-Termiziyning Ilmiy-Ma’naviy Merosi: Yosh Avlod Tarbiyasidagi Ahamiyati

  08.01.2025 11:18:42    6


Namangan davlat pedagogika institutida Imom at-Termiziyning 1200 yilligiga bag'ishlangan "Imom at-Termiziyning yosh avlod ma'naviy-ruhiy olamini boyitishdagi tutgan o'rni" mavzusida ilmiy-ma'rifiy loyiha o'tkazildi.




Oliygoh professor o'qituvchilarining ma'ruzalarida Imom at-Termiziy o'z ilmiy merosida ilm-ma'rifat va tarbiya masalalariga katta ahamiyat bergan ulug' allomalardan biri ekanligi, Islom dini ilmining chuqur bilimdoni sifatida, o'z asarlarida axloqiy qadriyatlar, ayniqsa, to'g'ri yo'ldan yurish haqida ko'plab pand-nasihatlar qoldirganligi ta'kidlandi.


Allomaning asarlari nafaqat diniy bilimlar, balki insoniy fazilatlarni rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega ekanligi, butun dunyo madaniyatida o'chmas iz qoldirganligi, uning "Sahih at-Termiziy" asari eng ishonchli hadislardan biri bo'lib, hozirgacha keng o'rganilayotganligi e'tirof etildi.

Batafsil


Imom at-Termiziyning Ilmiy-Ma’naviy Merosi: Yosh Avlod Tarbiyasidagi Ahamiyati Imom at-Termiziyning Ilmiy-Ma’naviy Merosi: Yosh Avlod Tarbiyasidagi Ahamiyati