Namangan davlat pedagogika instituti qoshidagi Chortoq akademik litseyi o'quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
03.03.2025 17:06:01 67
Uchrashuvda, Akademik litsey ijrochi direktori Z.Ziyamova, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i R.Tursunov, institut Yoshlar akademiyasi lideri A.O'rmonjonov va litseyning bitiruvchi bosqich o'quvchilari ishtirok etishdi.

Dastlab, litsey o'quvchilari uchun joriy etilgan "Rektor stipendiyasi" va unga hujjat topshirish tartib-qoidalari, baholash mezoni, tegishli yo'nalishlar hamda rag'batlantirish masalasi, ilmiy-innovatsion faoliyat bilan shug'ullanish, xalqaro va respublika fan olimpiadalarida ishtirok etish masalalari bo'yicha batafsil ma'lumotlar berildi hamda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.