English English English

Abdulla Oripov — Millat shoiri

  16.04.2026 10:19:53    7


Namangan davlat pedagogika institutida xalqimizning ardoqli so‘z san’atkori, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.


Abdulla Oripov — Millat shoiri


Mazkur tadbirda institut birinchi prorektori A.Isoqboyev, Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani S.Mutalov, Filologiya kafedrasi mudiri R.Tillayeva, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbir davomida Abdulla Oripov ijodining o‘zbek adabiyoti va milliy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni, shoir she’riyatida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, insoniylik va yuksak ma’naviyat g‘oyalarining badiiy talqini haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, talabalar tomonidan shoir qalamiga mansub she’rlar ifodali o‘qilib, adib ijodiga oid fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir barchada milliy adabiyotimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamladi.

 

Abdulla Oripov — Millat shoiri Abdulla Oripov — Millat shoiri Abdulla Oripov — Millat shoiri Abdulla Oripov — Millat shoiri