English English English

1-oktyabr — "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tabrigi!

  30.06.2024 10:24:54    3



1-oktyabr — "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tabrigi!


Assalomu alaykum, shijoatli yoshlar, bilimli, har sohada ilgʻor talabalar!

Sizlarni 30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.
Soʻnggi yillarda yurtimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor har qachongidan oshdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Shu maʼnoda davlatimizda joriy etilayotgan har bir Qonun, Farmon va Farmoyishlarning bir necha bandi yoshlarning kelajagi, yaxshi yashashi, ularga berilayotgan imkoniyatlarga qaratilgan.

Ayniqsa, kuni kecha Prezidentimiz raisligida o'tkazilgan yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi mamlakatimizdagi koʻplab yoshlarga umid chirogʻini berdi.
Xususan, shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi. Oliy taʼlimda qamrov 9 foizdan 42 foizga, oliygohlar soni esa 77 tadan 212 taga yetdi. Bu yoshlarning bilim olish zamoni keldi degani.
Meni quvontirgan jihat shuki, qizlarning taʼlim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi taʼkidlandi.
Jumladan, ogʻir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar qurilishi, oyoqqa turib olib, ishga joylashgunga qadar ushbu uylarda 3 yil davomida bepul yashashi, sogʻligʻi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan taʼminlash, farzandi bor talaba-qizlarga zarur imkoniyatlar yaratilishi qizlarimizning ilmga boʻlgan muhabbatini yanada oshirdi. Chunki qiz bola ilmli boʻlsa, oʻsha oila ilmli boʻladi, jamiyat ilmli boʻladi, davlat ilmli boʻladi.

Binobarin, Namangan davlat pedagogika instituti ham yosh boʻlishiga qaramay yoshlar uchun imkoniyatlar eshigini ochdi.
Talaba-yoshlarimiz bugungi kunda jahon arenalarida kuchlilar safidan joy olmoqda. Bilimli talabalarimiz yuksak choʻqqilarni zabt etmoqda.
"Yoshlar kuni" munosabati bilan Prezident raisligida oʻtkazilgan uchrashuvda Namangan davlat pedagogika instituti talabasi "Kelajak bunyodkori" oliy mukofotiga sazovor boʻlish bilan birga, Prezidentning ishonchiga muyassar boʻldi. Bu kabi yoshlar esa institutimiz faxri hisoblanadi. Biz esa ular uchun barcha imkoniyat, sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz.

Aziz yoshlar, bugungi ilm uchun raqobat ketayotgan bir davrda o'qing, izlaning, yuksak marralarni maqsad qilib, o'sha marralar tomon odim qadam tashlang.

Barchangizga "Yoshlar kuni" muborak boʻlsin!