English English English

21-oktyabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

  21.10.2024 09:25:01    4


Bugun yurtimizning har bir goʻshasida, har bir taʼlim muassasasida O‘zbek tili bayrami keng nishonlanmoqda.


21-oktyabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun


Bu yil O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga roppa-rosa 35 yil to‘ldi. Bu davr oralig‘ida ona tilimiz bizning — millatimiz, ori, g‘ururi va iftixorining yorqin timsoliga aylandi. Qolaversa, xalqimizning o'zligi, qadriyatlari, shonli tarixi, urf-odatlari va, albatta, bugungi mustaqil farovon hayoti ona tilimiz bilan chambarchas bog‘liqdir.

Hurmatli yurtdoshlar, aziz professor-oʻqituvchilar, talabalar barchangizga O‘zbek tilimizning 35 yilligi muborak boʻlsin! O‘zligimiz, kelajagimiz timsoli — ona tilimiz umrboqiy bo‘lsin!

Namangan davlat pedagogika instituti axborot xizmati