5 tashabbus doirasida “FAZMAN TEKSTIL" MCHJ tikuvchilik fabrikasiga tashrif
05.11.2024 11:35:40 4
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori S.Qodirova boshchiligida talabalar 5 tashabbus doirasida Namangan shahridagi “FAZMAN TEKSTIL" MCHJ TIKUVCHILIK FABRIKASI ga tashrif buyurishdi.
Tashrifdan maqsad talabalarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlar faoliyatini bilan tanishtirish, tadbirkorlikka qiziqqan yoshlarga ko’maklashish, talabalarning bo'sh vaqtiini mazmunli o’tkazish hisoblanadi.
Tashrif davomida talabalar fabrika faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, qanday mahsulotlar ishlab chiqarilishi, fabrika tarixi, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalari, mahsulotlar sifati jahon andozalariga javob berishi haqida bilib oldilar.
Ushbu tashrif talabalar uchun ahamiyatli va qiziq kechdi.