Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish
24.10.2024 20:48:30 6
Xabaringiz bor, 5 tashabbusning 3- yo’nalishi “Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish” hisoblanadi.
Shu munosabat bilan Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori S.Qodirova tomonidan kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish maqsadida institut Raqamli taʼlim texnologiyalari markazi direktori Baxtiyor Yuldashev bilan mavzu yuzasidan seminar-trening oʻtkazildi.
Seminarda, shuningdek, informatika o’qituvchisi N.Turdialiyeva, Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari B.Kenjayev va talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari, internetdan samarali foydalanish, kibermakon va kiberjinoyat haqida tushunchalar berildi.Videolavhalar namoyish etildi.
Talabalarga kompyuterni puxta o’rganish, kompyuter to’garaklariga qatnashish, internet xurujlaridan ehtiyot bo’lish kerakligi tushuntirildi.
Seminar soʻnggida talabalar mavzu boʻyicha oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.